Qirg‘iziston Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari orasida uyushgan jinoyatchilik darajasi bo‘yicha yetakchi sanaladi. Bundan Jahon iqtisodiy forumi mutaxassislari tomonidan tuzilgan reyting ma’lumotlari darak bermoqda. U REGNUM AA tomonidan keltirilgan.
Reytingga ko‘ra, Qirg‘iziston 137 o‘rin ichida 102-pog‘onani band etgan.
Tojikiston va Qozog‘istondagi vaziyat bir muncha yaxshi – bu davlatlar ro‘yxatning o‘rtasidan joy olgan bo‘lib, mos ravishda 61- va 63-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston va Turkmaniston bo‘yicha reytingda ma’lumotlar yo‘q.
Sobiq SSSR respublikalari orasida uyushgan jinoyatchilikning eng past ko‘rsatkichi Estoniyada qayd etilgan, uni reyting mualliflari 10-o‘ringa joylashtirishdi. Keyingi pog‘onalardan Latviya – 33-o‘rin, Litva – 34, Gruziya – 38, Ozarboyjon – 43, Armaniston – 62, Rossiya – 86 va Moldova – 94-o‘rinda bormoqda.
Sobiq SSSR hududidagi uyushgan jinoyatchilik darajasi eng yuqori mamlakat sifatida Ukraina tan olindi, u reytingning 113-pog‘onasidan joy oldi.
Jahon iqtisodiy forumi tahlilchilarining bildirishicha, Finlyandiya, Ummon, Islandiya va Singapurda bu borada eng yaxshi natija qayd etilgan.
Uyushgan jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatidan esa Salvador, Honduras, Venesuela, Meksika va Gvatemala joy oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?