06:53 / 01.12.2017
5 546

American Airlines Rojdestvo ta’tillari kuni uchuvchilarsiz qoldi

American Airlines Rojdestvo ta’tillari kuni uchuvchilarsiz qoldi
AQShning American Airlines aviakompaniyasi tizimi Rojdestvo ta’tillari jadvalini shakllantirishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

CNBC telekanaliga ko‘ra, uchuvchilar Rojdestvo ta’tillari mobaynida dam olish kunlarining bir xil sanasini tanlagan, kompyuter tizimi esa bunga qarshilik qilmagan.

Buning oqibatida Mayami, Chikago, Nyu-York aeroportlariga taalluqli minglab reys uchuvchisiz qoldi. Muammoni hal etish uchun aviakompaniya uchuvchilarga bayram kunlari odatiy soatbay ish haqining 150 foizi miqdoridagi summa evaziga ishlashni taklif etmoqda.

Shu tariqa American Airlines bayramlarda reyslar bekor qilinishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » American Airlines Rojdestvo ta’tillari kuni uchuvchilarsiz qoldi