10:49 / 02.12.2017
8 399

Tarixdagi eng qimmat ayollar sumkasi auksionda 382 ming dollar evaziga sotildi

Tarixdagi eng qimmat ayollar sumkasi auksionda 382 ming dollar evaziga sotildi
Ushbu sumkaning bu qadar qimmatbaholigiga sabab Himalaya modeli ayni paytda ishlab chiqarilmayotgani bilan izohlanmoqda.

30 nafar timsoh terisidan ishlangan Niloticus Crocodile Himalaya Birkin sumkasi Gonkondagi Christie’s auksionida 382 ming AQSH dollariga sotildi. Shu tariqa u savdo-sotiq tarixidagi eng qimmat sumka sifatida qayd etildi, deyiladi xabarda.

Sumka aksessuarining narhi Moskva shahri markazidagi bitta uy narhi bilan teng bo’lib, u olmos toshlari bilan bezalgan. Sumkaning “Gimalay” deb atalishi sababi esa tutunsimon kulrang va marvarid tusdagi oq rangli timsoh terisi tog’ cho’qqilarini yodga solishidandir.

Auksionlar uyi sumkaning bu qadar qimmatligiga ushbu model ishlab chiqarilishining to’xtatilganini sabab sifatida ko’rsatmoqdalar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tarixdagi eng qimmat ayollar sumkasi auksionda 382 ming dollar evaziga sotildi