13:50 / 03.12.2017
10 902

Ramzan Qodirov «temir musht» sohibi Mayk Tayson bilan uchrashdi

Ramzan Qodirov «temir musht» sohibi Mayk Tayson bilan uchrashdi
Bu galgi uchrashuv ham Chechenistonda bo‘lib o‘tdi. Ular yana boks haqida suhbat qurishdi. Bundan tashqari, Ramzan Qodirov Mayk Tayson bilan birgalikda boks bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
— U musulmon dinini qabul qilgan, — deydi Ramzan Qodirov. — Shundan so‘ng Malik Abdul Aziz nomini olgan. Mayk musulmon dinini qabul qilgach, Amerikada juda ko‘pchilik siyosatchi va boshqa yuqori lavozimli shaxslarning ta’qibiga uchradi. Lekin ruhan sinmadi. Musulmonligicha qoldi…
Ramzan Qodirovning aytishicha, o‘tgan safargi uchrashuv 2005 yili Grozniyda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda ular u qadar katta bo‘lmagan o‘yingohda Taysonning muxlislari bilan qiziqarli suhbat uyushtirishgan. Qodirov ishonch bilan aytib o‘tdiki, garchi ancha yillar oldin Tayson katta boksni tark etgan bo‘lsa-da, mashhurlik shohsupasini tark etgani yo‘q. Hamon u dunyodagi boks ishqibozlari qarshisida «temir musht» sohibi sifatida mashhur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov «temir musht» sohibi Mayk Tayson bilan uchrashdi