23:13 / 03.12.2017
7 641

Amerikalik general Rossiya va Xitoyni koinot quroli yaratishda aybladi

Америкалик генерал Россия ва Хитойни коинот қуроли яратишда айблади
AQSh qurolli kuchlarining strategik qo‘mondonligi boshlig‘i general Jon Xayten Rossiya va Xitoyni AQSh harbiy ob’ektlariga qaratilgan koinot qurolini yaratishda aybladi. U bu haqda Pentagon saytida chop etilgan intervyusida aytib o‘tgan.

Xaytenning aytishicha, Rossiya va Xitoy AQSh koinotga qanday harbiy ob’ektlarni olib chiqishini kuzatadi va uning koinot qurilmalarini raketa va lazerlar bilan urib tushiradigan yoki ularga xalaqit yarata oluvchi qurolni yaratishga mablag‘ ajratadi.

“Ular bu imkoniyatlarni AQShga, bizning ittifoqdoshlarga chaqiriq tashlash va dunyoda kuchlar muvozanatini o‘zgartirish uchun yaratishgan. Biz bunga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, deb aytgan general.

Xaytenning ta’kidlashicha, u yaqin orada harbiy ixtiloflar koinot hududini ham qamrab olishi mumkinligiga shubha qilmaydi.

“Ixtilof koinotga ko‘chadi. Agar u koinotga ko‘chsa, unda biz ko‘radigan ish boshqa joydagi ishimiz kabi bo‘ladi: ixtilofning oldini olish, u hech qachon yuz bermasligiga ishonch hosil qilish uchun barcha ishni amalga oshirish, agar yuz bersa ham, bu sohada qanday kurashish va g‘alaba qilishni aniqlashdan iborat bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi Xayten.

Avvalroq AQSh harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi koinot hududidagi faoliyat uchun xarajatlarni 20 foizga oshirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik general Rossiya va Xitoyni koinot quroli yaratishda aybladi