13:34 / 04.12.2017
5 511

AQSH va Janubiy Koreyada tarixdagi eng keng ko’lamli harbiy mashg’ulotlar o’tkaziladi

AQSH va Janubiy Koreyada tarixdagi eng keng ko’lamli harbiy mashg’ulotlar o’tkaziladi
Tarixdagi eng keng ko’lamli harbiy mashg’ulotlar AQSH va Janubiy Koreya hamkorligida Vigilant ACE nomi ostida bugundan boshlab o’tkaziladi. Mashg’ulotlar davomida 230 тa samolyot va AQSHning 2 ta F-22 ko’rinmas qiruvchi samolyotlari qatnashadi.

Mashg’ulotlar Shimoliy Koreyadagi raketa va yadroviy sinovlariga javoban bo’lib o’tishi rechalashtirilmoqda. Xabarda aytilishicha, ushbu mashg’ulotlar Seul hamda Vashingtonning KXDR tomonidan sodir etiluvchi kutilmagan harakatlariga javob qaytara olish imkoniyatlari va irodasini namoyon etadi.

KXDR raketa sinovlarini 2 oylik jimjitlikdan so’ng 26 noyabr kuni qaytadan boshlagan va Pxenyan butun AQSH hududi bo’yicha zarbalar berish imkoniyati haqida e’lon qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Janubiy Koreyada tarixdagi eng keng ko’lamli harbiy mashg’ulotlar o’tkaziladi