15:15 / 04.12.2017
16 162

Dahshat! Shafqatsiz ota-ona 4 oylik chaqaloqni mikroto’lqinli pechga solib ko’rishdi

Даҳшат! Шафқатсиз ота-она 4 ойлик чақалоқни микротўлқинли печга солиб кўришди
Xabarda aytilishicha, 4 oylik chaqaloq Derik va Mikalning ikkinchi farzandi, ular birinchi farzandlaridan tug’ruqxonaning o’zidayoq voz kechishgan.

Ular o’z farzandlariga nisbatan nega bunday ishlarni qilganlari noma’lumligicha qolmoqda. Ota-ona chaqaloqni shifoxonaga terisiga toshma toshgani uchun olib kelishgan va tekshiruvlardan keyin bu toshma kuyishdan qolgan jarohat ekanligi aniqlangan.

Ushbu voqeadan so’ng shifokorlar zudlik bilan politsiyaga xabar berishdi.

Juftlik esa chaqaloqni azoblab, ozor yetkazganlarini tan olishdi.

Bu chaqaloq ustidan o’tkazilgan birinchi tajriba emas. Bundan avval erkak farzandini allaqanday reklamadagi holatni takrorlash uchun bir necha bor yerga urgan. Shundan keyin bolaning tanasi ko’karishlar bilan qoplangan, bosh sohasi esa jarohatlangan edi.

Kuyish izlari ular bolakayni bir muddat mikroto’lqinli pechga solib ko’rganlari natijasida paydo bo’lgan.

Ayni paytda juftlikka 500000 dollar jarima solindi, sud qarori esa dekabr oyida ma’lum bo’ladi. Chaqaloq davolangach bolalar uyiga topshirilishi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dahshat! Shafqatsiz ota-ona 4 oylik chaqaloqni mikroto’lqinli pechga solib ko’rishdi