09:10 / 05.12.2017
6 581

Hindistonda o’lik deb hisoblangan chaqaloq jasadni kuydirishlaridan avval “tirilib ketdi”

Hindistonda o’lik deb hisoblangan chaqaloq jasadni kuydirishlaridan avval “tirilib ketdi”
Ayni payda chaqaloqning holati barqaror deb baholanmoqda, uning ota-onasiga esa barcha kerakli yordamlar ko’rsatilyapti.

Xabarda aytilishicha, ona egizak farzandlarni dunyoga keltirgan. Ulardan biri darhol vafot etgan, ikkinchisi mo’jiza tufayli krematsiya jarayonidan avval tirik qolgani ma’lum bo’lgan. Bola tug’ilgan paytda unga sun’iy o’pka ventilyatsiyasi kerak bo’ldi, bunday muolaja uchun yetarli mablag’ esa uning ota-onasidan topilmadi. Ular boshqa shifoxonaga murojaat qilishganida chaqaloqda o’lim hodisasi qayd etilgan.

Shifokorlar chaqaloqni polietilen paketga solgancha uning ota-onasiga berib yuborishdi, ular krematoriyga yo’l olgan paytlarida esa paket ichida harakat sezildi va bolaning tirikligi ma’lum bo’ldi.

Hozirgi paytda chaqaloqni “o’ldi” deya aytgan shifokor ishdan ajralgan, kasalxonada esa tekshiruv jarayonlari ketmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda o’lik deb hisoblangan chaqaloq jasadni kuydirishlaridan avval “tirilib ketdi”