12:00 / 05.12.2017
6 516

Xitoydagi zooparklarning birida pingvinlar haqiqiy emas, shishirilgan o’yinchoqlar ekanligi aniqlandi

Xitoydagi zooparklarning birida pingvinlar haqiqiy emas, shishirilgan o’yinchoqlar ekanligi aniqlandi
Internet foydalanuvchilari Xitoyning Yuylin shahri hayvonot bog’i ma’muriyatini tanqidlar ummoniga uloqtirmoqda.

Zoopark reklamasida tashrif buyuruvchilar ekzotik jonivorlar, jumladan pingvinlarni tomosha qilishlari mumkinligi aytilgan. Ammo hayvonot bog’iga haqiqiy emas, shishirilgan o’yinchoq pingvinlar o’rnatib qo’yilgani ma’lum bo’ldi.

Xabarda aytilishicha, yaqindagina ochilgan zooparkning boshqa hududlarida ham oddiy g’oz va xo’rozlarni ko’rish mumkin. Ular orasida ekzotik jonivorlardan faqat toshbaqa borligi aytilmoqda.

Zoopark sohibi shishirilgan pingvinlar haqida hech narsa bilmaganini aytib, aybni boshqaruvchiga to’nkadi.

Ayni paytda zoopark ichki tekshiruv ishlari sabab yopib qo’yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydagi zooparklarning birida pingvinlar haqiqiy emas, shishirilgan o’yinchoqlar ekanligi aniqlandi