20:26 / 05.12.2017
4 893

Pokiston shimolidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi

Pokiston shimolidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi
5 dekabrda Pokiston shimolidagi terakt oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 8 kishi jarohat oldi. Bu haqda «Geo TV» telekanaliga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lgan Shimoliy Vaziristonning Mir-Ali shahrida sodir bo‘lgan. Portlashga yo‘l chetiga qo‘yilgan mototsiklga o‘rnatilgan bombaning harakatga keltirilishi sabab bo‘lgan.

Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar.

Pokistonda oxirgi yirik terakt 1 dekabrda sodir etilgandi. O‘sha teraktda 4 nafar qurollangan kishi Peshovardagi universitet shaharchasi hududiga kirib, u yerdagi talabalarni o‘qqa tutgan. Hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, 40 ga yaqin kishi jarohat olgan. Barcha bosqinchilar yo‘q qilingan. Hujum uchun javobgarlikni “Tolibon”ning Pokistondagi qanoti hisoblangan “Tahrik-i Tolibon Pokiston” jangarilari o‘z zimmasiga olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokiston shimolidagi portlashda 6 kishi halok bo‘ldi