15:53 / 07.12.2017
10 880

Gorbachyov Putinning qaroriga munosabat bildirdi

Gorbachyov Putinning qaroriga munosabat bildirdi
Vladimir Putinning Prezident saylovida o‘z nomzodini qo‘yishi haqidagi xabar tarqalgandan so‘ng, bu keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, sobiq SSSRning birinchi prezidenti 86 yoshli Mixail Sergeyevich Gorbachyov amaldagi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning navbatdagi prezidentlik saylovida ham o‘z nomzodini ilgari surishi haqidagi so‘zlariga o‘z munosabatini bildirdi.

Rossiyadagi internet nashrlari xabariga ko‘ra, Gorbachyov Putin bu —sardor, “u xalqning qo‘llab-quvvatlashiga arziydigan inson”, buni alohida e’tiborga olishingizni so‘rayman, dedi.
Bizda hozir shunday davrki, Rossiyada hozir “shoshmaslik kerak” shiori bo‘lishi lozim deb qo‘shimcha qildi, Gorbachyov.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 dekabr kuni Nijniy Novgorod shahrida, GAZ avtomobil zavodi ishchilari bilan bo‘lgan uchrashuvda Vladimir Putin Rossiyada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gorbachyov Putinning qaroriga munosabat bildirdi