Rossiya hukumati 2018 yilda mamlakatdagi ishlar uchun 140 ming xorijlik fuqaroni jalb etish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi, deyiladi RF vazirlar mahkamasi saytida e’lon qilingan xabarda.
Avvalgi yil bilan taqqoslaganda kvota 20,7 foizga qisqardi. Federal qonunga ko‘ra, hukumat Rossiyaga viza asosida kelayotgan xorijiy ishchilarni jalb etishdagi talab miqdorini belgilashi mumkin. Shu bilan birga, 140 ming xorijlikning 94,8 foizi malakali ishchilar bo‘lishi kerak.
«Ustuvor professional-malaka guruhlari bo‘yicha talabni taqqoslash mehnat bozorida malakali ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotganidan dalolat beradi», - deya ta’kidlanadi xabarda.
RBK’ning RF ichki ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyga tayangan holda xabar berishicha, Rossiya hududidagi nolegal migrantlar soni 2,6 million kishini tashkil etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, nolegal migrantlar ulushi qisqarib bormoqda. Bundan tashqari, 2 million xorijlikka Rossiyaga kirish bo‘yicha taqiq qo‘yilgan.
Rossiyada inson huquqlari bo‘yicha vakolatli vakil Tatyana Moskalkova boshqacha raqamlarni keltirgandi. U joriy yilning may oyida hisobot taqdim etdi, unda, ekspertlar taxminlariga ko‘ra, Rossiyada 90 kundan ortiq vaqt davomida doimiy ravishda hujjatlarni rasmiylashtirmagan 3,4 million xorijlik yashashi iddao etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin O‘zbekiston bilan mehnat migrantlarini jalb etish to‘g‘risidagi bitimni ma’qullagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»