Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i, G‘azo sektori va al-Qudsning turli tumanlaridagi norozilik namoyishlari vaqtida 1,1 ming kishi jabrlandi.
8 dekabr kuni kechqurun AQSh prezidenti Donald Trampning al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olish bo‘yicha qaroriga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari vaqtida isroillik harbiylar bilan yuz bergan to‘qnashuvlar natijasida ikki falastinlik halok bo‘lgani, 760 dan ortiq inson jabrlangani xabar qilingandi.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘i va G‘azo sektorining chegaralari bo‘ylab ro‘y bergan tartibsizliklarda qariyb 7,5 ming kishi ishtirok etgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishi va Amerika elchixonasini Tel-Avivdan al-Qudsga ko‘chirishi haqida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Falastin xalqaro sudga murojaat qilishi xabar berilgandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!