Xitoyning Xubey provintsiyasida faoliyat olib borgan va furgon haydagan 33 yoshli Van ismli erkak 9 yoshli qizaloq Dao Syulini mashinasida urib yubordi. Halokat natijasida qizaloq omon qoldi, ammo bag’ritosh haydovchi uning davolanishi uchun pul to’lash kerakligini o’ylab, uni o’ldirish va ichki a’zolarini sotib yuborish maqsadida Daoni o’zi bilan birga olib ketdi.
Qizaloqning jasadi halokatdan 2 kun o’tib Vanning uyidan topilgan. Jasadni ko’zdan kechirgan politsiya xodimlari uning bir nechta a’zosi olib tashlanganini ko’rib, dahshatga tushdilar. Erkak esa bu qilmishini qiz tirik qolganda nogironga aylanishi ehtimoli va butun umr uning uchun pul to’lab o’tishni istamaganligi bilan izohladi. Qizaloqning ichki a’zolarini esa pul ishlash maqsadida sotib yuborganini aytdi.
Xabarda aytilishicha, qotilni o’lim jazosi kutmoqda.
Eslatib o’tamiz, Xitoy qonunlariga ko’ra, mashinada yo’lovchini urib yuborgan odam jabrlanuvchiga butun umr badal to’lashi kerak.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?