13:45 / 10.12.2017
6 306

Dunyo musulmonlari Trampdan Iyerusalimni Isroil poytaxti deb tan olish fikridan qaytishni talab qilmoqda

Dunyo musulmonlari Trampdan Iyerusalimni Isroil poytaxti deb tan olish fikridan qaytishni talab qilmoqda
Birinchi navbatda Arab davlatlari Ligasi (ADL) yaqinda favqulodda majlis chaqirib, Amerika prezidenti Donald Trampga talabnoma yo‘llash haqida kelishib oldi. Ular Trampdan zudlik bilan Iyerusalimni Isroil poytaxti deya tan olish fikridan qaytishni talab qilishdi. Aytishdiki, Trampning bu qarori xalqaro qonunlar buzilishiga sabab bo‘lgan.

Falastinning Angliyadagi rasmiy vakili Manuel Xassassian esa bu harakati bilan Tramp musulmonlar olamiga ochiqchasiga urush e’lon qilganini ta’kidladi.
— Buni Yaqin Sharqdagi 1, 5 milliard musulmon va yuz minglab nasroniylar ham qo‘llab-quvvatlamaydi, — dedi u. — Buni biz Amerika musulmonlarga qarshi sovuq urush e’lon qilishi deb qabul qilamiz. Biz zudlik bilan Trampdan Iyerusalim masalasidagi qarorini qaytib olishni talab qilamiz. Bu hech qachon yaxshilikka olib bormaydi…

Oq uy hozircha bu talabnomaga nisbatan munosabat bildirgani yo‘q.
Donald Trampning Iyerusalimni Isroil poytaxti deb tan olishi nafaqat musulmonlar dunyosida, balki Yevropaning bir qator davlatlarida ham norozilik uyqotdi. Masalan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel ham bu masalada o‘z noroziliklarini bayon qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Iyerusalim ikki qismga ajralgan shahar hisoblanadi. Masalan, G‘arbiy Iyerusalim Isroil poytaxti hisoblansa, Sharqiy Iyerusalim Falastin poytaxti sanaladi. Agar Iyerusalim to‘liqligicha Isroil poytaxti deb tan olinsa, o‘z-o‘zidan Falastinning siyosiy maydondagi mavqeiga putur yetadi. Barcha davlatlar Isroildagi elchixonalari, diplomatik tashkilotlarini Iyerusalimga ko‘chirib o‘tish harakatiga tushadi. Musulmonlar dunyosi esa Sharqiy Iyerusalimdagi ilohiy maskanlar, qadimiy yodgorliklar Isroil ixtiyoriga o‘tishi uchun hech qachon rozilik bermaydi. Bu oqibatda musulmon dunyosi ko‘tarilishi, natijada sovuq urush harakatlari boshlanishiga ham sabab bo‘lishi tayin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo musulmonlari Trampdan Iyerusalimni Isroil poytaxti deb tan olish fikridan qaytishni talab qilmoqda