22:27 / 10.12.2017
6 082

Melaniya Tramp Rojdestvo bayramiga qanday sovg’a istashini ma’lum qildi

Мелания Трамп Рождество байрамига қандай совға исташини маълум қилди
AQSH prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Bolalar milliy shifoxonasiga tashrif buyurib, uchrashuv o’tkazdi. Uni shifoxona binosida faqatgina bolalar emas, Santa-Klaus ham kutib turgan edi.

Amerikaning birinchi xonimi Santa-Klaus yonidan joy oldi va bolajonlar bilan muloqotga kirishdi. Bolalar unga Rojdestvo bayramini qanday o’tkazishni istashi haqida savol berdilar. Melaniya xonim esa ushbu savolga “Oilam bilan kimsasiz tropik orolda ta’til o’tkazgan bo’lardim” deb javob berdi.

Bolalar tomonidan Melaniya Tramp uchun bayramga eng yaxshi sovg’a nima ekanligi so’ralganida esa prezident rafiqasi “Men Santa-Klausdan dunyoda tinchlik, salomatlik, muhabbat va yaxshilik bo’lishi so’rayman” deb javob qaytardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Melaniya Tramp Rojdestvo bayramiga qanday sovg’a istashini ma’lum qildi