09:03 / 12.12.2017
5 083

Xitoyda minglab dronlar ishtirokida ertaknamo shou uyushtirildi

Xitoyda minglab dronlar ishtirokida ertaknamo shou uyushtirildi
Xitoyning Guanchjou shahrida 1180 nafar dron ishtirokida ertaknamo ko’rinishga ega chiroqlar shousi uyushtirildi. Ushbu tomosha Kitae Fortune Global forumi paytida bo’lib o’tgan, deb xabar bermoqda “24tv.ua” nashri.

Mazkur shou tomoshabinlari orasida Kanada premyer ministri Jastin Tryudo, AQSH Moliya vazirligi sobiq rahbari Genri Polson va Alibaba Group rahbari Jek Malar ham bo’lishgan. Tomoshabinlar soni esa 500 kishini tashkil etgan.

Dronlar mahalliy eHang startap tizimdan foydalangan holda yagona operator tomonidan boshqarildi. Aynan shu sababli ham dronlar bir-biriga uyg’un tarzda harakat qilgan.

Qayd etilishicha, shou tashkilotchilari har qanday muvaffaqiyatsiz holatlarni hisobga olgan holda ish ko’rganlar.

Shou tashkilotchilar tomonidan “Leon droni” deb nomlandi va avvalgi Ginnes rekordi ko’rsatkichidan ham o’zib ketdi. Aytishlaricha, dronlarning umumiy og’irigi salkam 1 tonnani tashkil etgan.

Eslatib o’tamiz, bundan avvalgi rekord ham aynan shu shaharda o’rnatilgan bo’lib, unda 1000 ta dron osmonga ko’tarilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda minglab dronlar ishtirokida ertaknamo shou uyushtirildi