08:49 / 16.12.2017
4 040

Tug’ruqxonada almashib qolgan chaqaloqlarning ota-onalari ularni qaytarib olmaslikka qaror qilishdi

Tug’ruqxonada almashib qolgan chaqaloqlarning ota-onalari ularni qaytarib olmaslikka qaror qilishdi
Ko’p yillar avval Xitoyda tug’ilgan ikki chaqaloq tug’ruqxona xodimlari xatosi bilan almashib qolgan va oradan 4 yil o’tgachgina ushbu sir barchaga ma’lum qilingandi. Biroq ota-onalar mehr-muhabbatni qon rishtalaridan ham ko’ra muhimroq hisoblab, bolalarni qaytadan almashtirib olmaslikka qaror qilishdi.

Kichkintoylar o’zlari ko’nikkan uyda va xato sabab topgan ota-onalari bag’rida hech narsadan bexabar ulg’aydilar.

Chen Chenfey ismli erkak farzandi 4 yoshga kirganda uning o’z o’g’li emasligi va tug’ruqxona hamshirasi tomonidan tasodifan almashtirib qo’yilganini bildi. O’z o’g’lini tarbiyalayotgan ayolning ismi esa Li Xuey bo’lib, u bir vaqtlar rafiqasi bilan umumiy palatada yotgan edi.

Ota-onalar bir yerga yig’ilishib, bolalarni qaytarib olish haqida uzoq suhbatlashdilar. Oilalar sudga murojaat qilishganda shifoxona ma’muriyati o’z xatosini tan oldi va xar bir oilaga 200 AQSH dollari miqdorida kompensatsiya to’ladi. Juftliklar ushbu mablag’ni qabul qildilar-u, leyin o’zlari uchun qadrdonga aylanib qolgan bolalarni qaytadan almashtirib olmaslik fikriga kelishdi.

Bolalar ulg’ayib, 30 yoshga kirganlaridan so’ng begona oilalarda yashab kelganlaridan xabar topdilar. Xayriyatki, ular bu yangilikni o’ta vazminlik bilan qabul qilishdi va shifokorlarga ham, ota-onalariga ham e’tiroz bildirishmadi.

“O’tmish tarix bo’lib qolaversin. Keyingi avlodlarga nisbatan bunday xatolarni takrorlamaslik muhim, holos” deydi bolalardan biri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tug’ruqxonada almashib qolgan chaqaloqlarning ota-onalari ularni qaytarib olmaslikka qaror qilishdi