06:59 / 17.12.2017
4 380

«Chegarasiz shifokorlar»: Myanmada salkam yetti ming rohinja o‘ldirilgan

«Chegarasiz shifokorlar»: Myanmada salkam yetti ming rohinja o‘ldirilgan
Myanmada mahalliy hokimiyatlarning tazyiqi ostida kamida 6700 rohinja musulmonlari halok bo‘ldi. Bu haqda «Chegarasiz shifokorlar» tashkilotida xabar qilishdi, deb yozmoqda Tnews.uz sayti. Ma’lumotlar Myanmadan qochgan qochoqlar lagerlarining aholisi orasida so‘rov o‘tkazish asosida olingan.

Tashkilotning ma’lumotlariga qaraganda, o‘limlarning eng ko‘payish vaqti Myanma hukumati o‘tkazgan terrorchilikka qarshi operatsiyaning boshlanish paytiga to‘g‘ri keladi. Hokimiyat vakillarining ma’lumotlariga qaraganda, halok bo‘lganlar ancha kam – 400 kishi. Ularning ko‘pchiligi ekstremistlar bo‘lganligi ta’kidlanadi.

Aholisining aksariyati buddaviylar bo‘lgan Myanmada rohinja musulmonlari mahalliy hokimiyatlar tomonidan tazyiqqa uchramoqda. Avgustning oxiridan boshlab, bu xalqning yuz minglab vakillari mamlakatdan qochishga majbur bo‘ldi. Qochoqlar orasida bolalar ko‘pchilikni tashkil qiladi, ularning aksariyati to‘yib ovqat yemaslikdan jabr ko‘rmoqda.

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson Myanma hukumatining harakatlarini «etnik tozalash» deb atadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)