19:03 / 17.12.2017
9 686

Dunyodagi "eng qimmat uy"ni kim xarid qilganini bilasizmi?

Дунёдаги "энг қиммат уй"ни ким харид қилганини биласизми?
Fransiyaning sobiq qiroli Lyudovik XIV yoki Lui Buyuk haykali o‘rnatilgan hashamatli qasr ajoyib landshaftga egaligi bilan bong taratgan edi. Uning suratlari 2015 yilda dunyoning eng qimmat uyi nomini qozonishi bilan yana OAV sahifalaridan joy oldi.

Endilikda, o‘sha vaqtda dabdabali saroyni kim xarid qilgani oydinlashdi. Lyudovik XIV ning Parij yaqinidagi qasrini qimmat narxda sotib olish ortida Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon turibdi, deb yozadi Kun nashri.

Saroy 2015 yili 300 mln dollarga xarid qilingan edi. Saudiya podshoh oilasi maslahatchilari bino valiahd shahzodaga tegishli ekanini tasdiqlashgan.

Uyda ulkan raqslar xonasi, yerosti tungi klubi, uy kinoteatri va boshqa qulayliklar bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi "eng qimmat uy"ni kim xarid qilganini bilasizmi?