08:32 / 18.12.2017
5 635

Qozog‘iston turizmni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganadi

Qozog‘iston turizmni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganadi
Qozog‘istonning Kazakh Tourism Milliy kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari K. Sadvakasov rahbarligidagi delegatsiyasi milliy sayyohlik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganish uchun O‘zbekistonga yetib keldi, deb yozadi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.

Xususan, Qozog‘iston tomonini E-Mehmonxona elektron tizimini joriy qilish, mehmonxona yig‘imi, turizm sohasidagi kadrlar, shu jumladan, professional tarjimon gidlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, milliy sayyohlik mahsulotini yaratish va ilgari surish masalalari qiziqtirdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston tomoni turizm sohasida «Ipak yo‘li» sayyohlik brendini birgalikda ilgari surish borasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Bundan tashqari, tomonlar uchinchi mamlakatlardan keladigan sayyohlar uchun kombinatsiyalangan sayohatlarni ishlab chiqish haqida kelishuvga erishildi.

Manba: Daryo.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston turizmni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganadi