20:51 / 22.12.2017
5 737

Amerikalik erkak olamdan o‘tgach, uni oilasi bilan birga qayta tiriltirishlari uchun 140 ming dollar haq to‘ladi

Amerikalik erkak olamdan o‘tgach, uni oilasi bilan birga qayta tiriltirishlari uchun 140 ming dollar haq to‘ladi
Gap haqiqatan qayta tirilish haqida ketadi. Amerikaning Viskonsin shtatida istiqomat qiluvchi Dennis Kovalski krionika instituti direktorlar kengashi a’zosi hisoblanib, amerikalik olimlar yaqin kelajakda o‘lganlarni qayta tiriltira olishiga qattiq ishonarkan.

Shuning uchun u o‘lgandan keyin o‘zini, rafiqasi Mariya, uch farzandi — 19 yoshli Jeykob, 17 yoshli Denni va 16 yoshli Jeymsni suyuq azot yordamida muzlatib qo‘yishlarini xohladi. Keyin esa mutasaddilarga oradan ma’lum vaqt o‘tib, olimlar marhumlarni tiriltira olish imkoniga ega bo‘lgach, barchalarini qayta tiriltirishlarini tayinladi. Xuddi shu amallar uchun 140 ming dollar haq to‘ladi.

Rasman xabar berishlariga qaraganda, Amerikada bir odamning jasadini muzlatib qo‘yish 28 ming dollar turarkan. Hozirgi kunga qadar jami 160 nafar odam va yuzlab hayvonlarning jasadlari suyuq azot yordamida muzlatib qo‘yilgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik erkak olamdan o‘tgach, uni oilasi bilan birga qayta tiriltirishlari uchun 140 ming dollar haq to‘ladi