23:00 / 25.12.2017
5 955

Xitoy kompaniyasi Appleni sudga berdi: “Bizning logotipimizni o‘g‘irlagan”

Xitoy kompaniyasi Appleni sudga berdi: “Bizning logotipimizni o‘g‘irlagan”
Apple mahsuloti bo‘lgan App Storening logotipi – “A” belgisi Xitoyning kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi fabrikasi markasidan o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi. Shu iddao bilan Xitoy fabrikasi Apple ustidan Pekin Xalq Mahkamasiga shikoyat qildi va mahkama da’vo ishini ko‘rishni boshlab yubordi.

Surishtiruv ishlari natijasida Applening yana bir aybi ochilib qoldi. Apple ushbu fabrikaning reklama roligidagi jumlalardan ham foydalangan ekan.

Xitoy fabrikasi AQSh tashkilotidan xalqaro mediada uzr so‘rashini va jarima to‘lashini talab qilyapti. Bundan tashqari Apple App Store logotipi ostida mahsulotlarini sotishni to‘xtatishi lozim.

Biroz oldin ham Apple Xitoyning yana bir firmasi Xingtong Tiandi Texnology bilan mojaroga borib, Apple sudda yutqazgandi. O‘shanda da’vo Apple mahsulotlari Xitoyda “IPHONE” nomi ostida sotilayotgani haqida edi. Ayni damda ham Apple telefonlari Xitoyda “IPHONE” nomi bilan sotilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy kompaniyasi Appleni sudga berdi: “Bizning logotipimizni o‘g‘irlagan”