13:54 / 26.12.2017
11 485

Amerikada odamlar va hayvonlar ustida tajriba o‘tkazib kelgan o‘zga sayyoraliklar bazasi topildi

Amerikada odamlar va hayvonlar ustida tajriba o‘tkazib kelgan o‘zga sayyoraliklar bazasi topildi
Baza Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi g‘orlarning biridan topildi. Aniqrog‘i, u g‘or ostida joylashgandi. Ufologlar baza ichkarisidan odamlar va uy hayvonlarining jasadlari, qoldiqlarini topishdi. Bu manzara shu qadar dahshatli ko‘rinishga ega bo‘lishiga qaramay, olimlar ularni internet saytlariga joylashtirishdi.

Mahalliy aholi vakillarining aytishicha, o‘zga sayyoraliklar bazasi bu yerda anchadan beri faoliyat yuritgan. Tez-tez odamlarning, uy hayvonlarining izsiz yo‘qolishi kuzatiladi. Keyinchalik aholi vakillari jasadlarning ba’zilarini g‘or chetlaridan ham topishga muvaffaq bo‘lishgan. Ammo yerosti bazasiga kirishga hech kimning yuragi betlamagan.

Mutaxassislar jasadlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish jarayonida ular organizmida kaliy me’yordan 70 barobar ko‘pligiga guvoh bo‘lishdi. Shuning o‘zi o‘zga sayyoraliklar odamlar organizmini tajriba maydoniga aylantirganining yorqin isbotidir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikada odamlar va hayvonlar ustida tajriba o‘tkazib kelgan o‘zga sayyoraliklar bazasi topildi