09:17 / 28.12.2017
5 730

Britaniyalik ayol shokoladi ichidan qurtlarni topdi

Britaniyalik ayol shokoladi ichidan qurtlarni topdi
Buyuk Britaniyalik ayol do’kondan olingan shokolad ichidan lichinkalarni topdi.

Xabarda aytilishicha, shokolad do’kon xodimlari tomonidan Gabriella Ortutay-Xyusning go’shtga bergan buyurtmasi biroz kamroq bo’lib qolgani uchun uzr so’rash ma’nosida taqdim etilgan.

Ayol uyga kelib, shirinlikni bolalari bilan birga iste’mol qilmoqchi bo’lgan. Sindirgach esa ichidan qurtlar kelib chiqqan.

Mazkur holatdan lol qolgan ayol shokoladni suratga olib, do’konning internet tarmog’idagi sahifasiga joylashtirdi.

Xabar ko’pchilikning salbiy ma’nodagi muhokamalariga sabab bo’lmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik ayol shokoladi ichidan qurtlarni topdi