Ochlik hissi sabab vafot etgan va sovuqdan qotib qolgan yaponiyalik ayol murdasi ota-onasi tomonidan 15 yil davomida qamab qo’yilgan kichik xonadan topilgan. Ushbu yillar davomida Ayri qafasda yashagan va unga haftasiga bir marta ovqat berishgan. 55 yoshli Yasukata va 53 yoshli Yurak Kakimotolar qizlarining ustidan o’tkazilgan zug’umlariga iqror bo’lishdi, deyiladi xabarda.
Aytishlaricha, ota-ona unda ruhiy muammolar mavjud ekanligi va buning natijasida qizning zo’ravonlik qilishga moyil bo’lib qolganini sezganlar. Qizning ota-onasi uning jasadini 18 dekabr kuni topgan bo’lsalar-da, farzandlari bilan bir muddat birga bo’la olish uchun bu haqida politsiyaga 5 kun o’tib xabar berishdi.
33 yoshli Ayri jasadi topilgan paytda uning vazni 19 kg tushib qolgani aniqlandi. Yaponiyaning Osaka shahri politsiyasi bergan ma’lumotlarga ko’ra qizning ota-onasi uning ruhiy kasal ekanligi, 16-17 yoshli paytlarida zo’ravonlik qila boshlagani, shu sababli uni kichik xona ichida saqlaganlari haqida aytib berishgan. Bu maqsadda ular ikkita eshikli xona ham qurishgan, devorlarga esa kuzatuv kameralari o’rnatilgan. Xona ichida suv oqib turadigan truba ham mavjud bo’lgan.
Uyning tashqari tomonlarida esa yana 10 ta kuzatuv kameralari va ikki metrli panjara o’rnatilgani aniqlandi. Ayni paytda marhumaning ota-onasi qamoqqa olingan.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi