16:16 / 02.01.2018
5 951

Bangladeshda Axmat Kadirov nomidagi maktab ochildi

Bangladeshda Axmat Kadirov nomidagi maktab ochildi
Bangladeshda joylashgan Myanma qochoqlari lagerida Checheniston Respublikasi birinchi prezidenti Axmat Kadirov nomidagi makab ochildi. Bu haqida Checheniston rahbari Ramzan Kadirovning matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga tangan holda “Life.ru” nashri ma’lum qilgan.

“Biz Bangladesh va Myanma chegaralari hududidagi qochoqlar lagerlarida hayriya ishlarini bir daqiqaga bo’lsa-da to’xtatganimiz yo’q. Va mana xushxabar! 85 ming kishidan iborat bo’lgan yirik qochoqlar lagerlaridan biri Chechenistonning birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Axmat xoji Kadirov nomidagi maktab ochildi” deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Kadirovning aytishicha, maktab allaqachon 348 nafar yetim bolalar bilan shug’ullanmoqda, ammo yaqin orada o’quvchilar soni mingga ham yetadi. Birinchi bosqichda bolalar yozish va o’qishni o’rganishadi, zero ularning kattagina qismi ta’lim olish imkonidan mahrum bo’lgan. Shuningdek o’quvchilarga Muqaddas Qur’on o’qish ilmi ham o’rgatiladi. Siyosatchi o’quvchilar kuniga ikki mahal ovqat va maktab formasi bilan ta’minlanishi haqida ham ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bangladeshda Axmat Kadirov nomidagi maktab ochildi