14:35 / 02.01.2018
6 360

Sirpanchiq yo‘lda yiqilgan politsiyachini mashina bosib ketishiga bir bahya qoldi (Video)

Sirpanchiq yo‘lda yiqilgan politsiyachini mashina bosib ketishiga bir bahya qoldi (Video)
Texaslik politsiyachi yo‘lda sirg‘anib ketib, mashina tagida qolishiga bir bahya qoldi. Hodisa boshqa bir avtomobilning videoqayd etish tizimi orqali tasvirga tushirilgan.

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, politsiya xodimi trassa o‘rtasida to‘xtab qolgan (aftidan, YTHga uchragan) mashinani tekshirgan. Shundan so‘ng u avtomobilning orqa tomonidan aylanib o‘tayotganida sirpanchiq yo‘lda yiqilgan. Shu bilan birga, bu hodisa o‘tib ketayotgan mashinadan bir necha santimetr masofada yuz berdi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda AQShning qator shtatlarida juda sovuq ob-havo kuzatilmoqda va qor yog‘di. Texas shimolida esa yomg‘ir kuzatildi, bu yo‘llarda yaxmalakni yuzaga keltirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sirpanchiq yo‘lda yiqilgan politsiyachini mashina bosib ketishiga bir bahya qoldi (Video)