23:00 / 02.01.2018
6 117

Poyezd ostida qolgan qariya tirik qoldi (video)

Poyezd ostida qolgan qariya tirik qoldi (video)
Tayvanda poyezd ostida qolgan 70 yoshli qariya omon qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. Ushbu voqea kuzatuv kameralari tomondan qayd qilingan.

Videodan qariya perron chekkasiga kelib, oyog‘i toyib ketib, relslar ustiga yiqilib tushganini ko‘rish mumkin. Shu onda stansiyaga poyezd kelib, qariya uning ostida qolib ketgan. Vaziyatning jiddiyligiga qaramasdan, qariya tirik qolgan.

Qutqaruvchilar jabrlanuvchini shifoxonaga olib borishganda u hushida bo‘lgan. Erkak boshidan jarohat olgan, biroq uning hayoti xavf ostida emas. Voqea sababli uchta poyezdning jadvaliga o‘zgartirish kiritishga to‘g‘ri kelgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poyezd ostida qolgan qariya tirik qoldi (video)