13:42 / 03.01.2018
5 419

Rossiyalik ona o’z farzandini turarjoy podyezdi tagiga tashlab ketdi

Rossiyalik ona o’z farzandini turarjoy podyezdi tagiga tashlab ketdi
Ayni paytda bolakay shifoxonada, politsiya esa onaning shaxsini aniqlashtirishga urinmoqda.

Korneevskoy ko’chasidagi ko’p qavatli uy podyezi ostiga tashlab ketilgan bolalar aravachasidagi kichkintoyni binoda istiqomat qiluvchi 60 yoshli ayol ko’rib qolgan. Bola 8-9 oylik, trikotaj mayka va ko’k rangli kolgotka kiydirilgan ko’rinishda topilgan.

Bolani topib olgan ayol bu haqida darhol politsiyaga xabar bergan. Hududga etib kelgan politsiya xodimlari esa bolani ko’zdan obdon kechirishgan.

“Topib olingan bolaning tashqi ko’rinishi slavyanlarga hos. Bundan esa uning onasi ham slavyan bo’lishi mumkinligini tahmin qila olamiz. Turarjoy aholisi vakillari bu yerda ayol kishini payqashgan. U bolalar aravachasi bilan sayr qilib yurgan, ko’rinishidan esa 20-25 yoshlarda bo’lgan” deydi politsiya xodimlaridan biri.

Ayni paytda bolakayning ahvoli yaxshi, ammo shifokorlar uni muntazam ravishda nazorat qilishdan charchashmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik ona o’z farzandini turarjoy podyezdi tagiga tashlab ketdi