Eldar Ryazanovning «Taqdir tuhfasi yoxud qushdek yengil bo‘ling» filmi to‘qima emas ekan. Bu holatni Albina Markova ismli ayol o‘z boshidan o‘tkazdi.
Ertalab Albinaning turmush o‘rtog‘i ishga ketgach, u eshikni qulflashni unutib, vannaxonaga kirib ketdi. Vannadan chiqqanida esa qo‘rqib ketgan o‘g‘li kvartirada begona erkak borligini aytib qoldi. U archaning tagida oyoqlarini yig‘ib, uxlab yotar, yonida esa kiyimlari taxlab qo‘yilgan edi.
«Buni ko‘rib, juda qo‘rqib ketdim, bunday holat kelib-kelib mening xonadonimda sodir bo‘ladi, deb o‘ylamagandim. Dastlab turmush o‘rtog‘im ishdan ertaroq kelib, archa tagida uxlab qolgan, deb o‘yladim. Yaxshilab qarasam, unday emas ekan».
Qo‘rqib ketgan ona-bola darhol vannaxonaga yashirinib olishdi. Ayol o‘sha yerdan turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qildi.
Xonadoniga qaytib kelgan uy sohibi mehmonni uyg‘otishga urinib ko‘rdi. Shaxsini aniqlash uchun esa sumkasini titishga to‘g‘ri keldi. Aniqlanishicha, notanish daydi tibbiyot fakultetining 4-kurs talabasi ekan. Familiyasini eshitgandan so‘ng talaba o‘ziga keldi, biroq begona odamning uyiga qanday kirib qolganini izohlab bera olmadi.
Bu holatni ayol labda kulgi bilan qarshiladi, biroq uning eri keyingi safar «Ippolit» qat’iyatli bo‘lishini va moskvalik piyonistaning adabini berib qo‘yishini alohida ta’kidlab o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi