23:10 / 04.01.2018
5 724

Shahzoda Garri va Megan Marklning to’yi Britaniyaga yarim million funt sterling miqdorida daromad keltiradi

Шаҳзода Гарри ва Меган Марклнинг тўйи Британияга ярим миллион фунт стерлинг миқдорида даромад келтиради
Shu yilning may oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan shahzoda Garri va amerikalik aktrisa Megan Maрklning to’yi Birlashgan qirollik iqtisodiyotiga yarim million funt sterling miqdoriga foyda keltiradi.

Xabarda aytilishicha, to’y marosimini tomosha qilish uchun dunyoning turli burchaklaridan mamlakatga o’tgan yilning may oyiga nisbatan qo’shimcha ravishda yana 350 000 nafar sayyohning tashrif buyurishi tahmin qilinmoqda.

Aynan shunday holat taxt vorislaridan biri bo’lmish shahzola Uilyam va Keyt Middlton (Kembrij gertsoginyasi)ning to’ylari paytida ham kuzatilgandi.

Brand Finance rahbari Devid Xey turizm, transport xizmatlari va mehmonxonalar tomonidan 200 million foyda kelishini tahmin qilgan. 50 million funt esa to’y marosimi uchun chiqariladigan esdalik buyumlari, futbolka va qalpoqlar hisobidan keladi.

100 million funt sterling Britaniyaning to’y orqali o’zini-o’zi butun dunyoga bepul reklama qilishi orqali ishlab olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahzoda Garri va Megan Marklning to’yi Britaniyaga yarim million funt sterling miqdorida daromad keltiradi