15:34 / 06.01.2018
5 124

AQSHda vafot etgan rossiyalik fuqaro o’limidan keyin boshqa insonlarga donorlik qildi

AQSHda vafot etgan rossiyalik fuqaro o’limidan keyin boshqa insonlarga donorlik qildi
AQSHning Pittsburg shahrida sodir bo’lgan otishma chog’ida og’ir jarohat olgan rossiyalik fuqaroning bevasi uning tana a’zolarini hayot bilan kurashayotgan boshqa insonlarga berishga qaror qildi.

“Men turmush o’rtog’im, hatto xozir, vafot etganidan keyin ham insonlarga yordam berayotganidan g’ururlanaman” deydi ayol.

35 yoshli Anton Kemaev AQSHning Pittsburg shahrida do’sti bilan mashinada ketayotgan paytda tashqaridan uning bosh sohasiga o’q kelib tekkan va darhol shifoxonaga yetkazilgan. Oradan hech qancha vaqt o’tmay bu yerga uning rafiqasi Olga yetib kelgan.

Shifokorlar tomonidan barcha kerakli choralar qo’llanilganiga qaramay, erkak vafot etdi, rafiqasi esa uning tana a’zolarini 4 nafar insonga donor sifatida berishga qaror qildi.

“U AQSHga kelib, bu yerni ko’rishni orzu qilardi. Anton Chikago va AQSH poytaxti Vashingtonni ko’rdi, Alyaska va Las-Vegasga borishni rejalashtirgandi” deydi marhumning do’sti Vladimir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda vafot etgan rossiyalik fuqaro o’limidan keyin boshqa insonlarga donorlik qildi