19:06 / 06.01.2018
5 820

Tramp o‘zining sobiq maslahatchisini itga tenglashtirdi

Tramp o‘zining sobiq maslahatchisini itga tenglashtirdiAQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida Maykl Vulfning «Olov va g‘azab: Trampning Oq uyida» kitobini yana tanqid ostiga oldi. Xususan, u o‘zining strategik masalalar bo‘yicha sobiq maslahatchisi Stiv Bennonni it bilan tenglashtirgan.

OAVlarning ma’lum qilishicha, kitobdan Bennon Trampning «ruslar» bilan 2016 yil iyunidagi uchrashuvini «sotqinlik» deya atagan so‘zlari o‘rin olgan.

«Maykl Volf — ushbu zerikarli va yolg‘on ma’lumotlar yozilgan kitobini sotish ilinjida o‘zicha tarix yaratgan omadsiz. U bu borada dangasa, ishdan haydamasliklarini o‘tinib so‘ragan Stiv Bennondan foydalandi. Endilikda hamma Stivni itdek ko‘chaga uloqtirdi. Juda achinarli!», — deb yozadi Tramp.

Manba: sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp o‘zining sobiq maslahatchisini itga tenglashtirdi