Sankt-Peterburg shifoxonalarining birida 5 soat davomida shifokorlar ko’magini kutgan ayol olamdan ko’z yumdi. Ayolning nabirasi uning ko’krak sohasidagi og’riqlardan shikoyat qilgani haqida aytgan.
“Meni buvimda insult oldi holati bo’layotganligini sezib, tez tibbiy yordam xizmatini chaqirdim. Biz birgalikda Avangard kasalxonasiga bordik. 3 soatcha chamasi qabul bo’limida o’tirdik, keyin uni reanimatsiyaga emas, nevrologiya bo’limiga yuborishdi” deydi nabira.
Yigitning so’zlariga qaraganda, ayolning ahvoli kunduz payti yomonlasha boshlagan. U 5 soat davomida kasalxonada yordam kutib o’tirgan, ammo biror shifokor kelib unga qaramagan, har safar murojaat etilganida kutishi kerakligini takrorlashgan.
14:00- 19:00 soat oralig’ida ayol yoniga ikkita hamisha kelib, uning qon bosimini o’lchashgan va validol tabletkasidan berishgan.
18:55 da nabiraning tashqariga chiqishi kerakligi aytilgan, oradan ko’p vaqt o’tmay esa unga qo’ng’iroq qilib, buvisining vafot etgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?