17:10 / 12.01.2018
6 420

Poyezd relsiga itarib yuborilgan ayol mo’jiza tufayli tirik qoldi

Poyezd relsiga itarib yuborilgan ayol mo’jiza tufayli tirik qoldi
Braziliyaning San-Paulo metro stantsiyasidagi kuzatuv kameralariga tushirilgan tasvirda poyezd kutib turgan ayolning yuqoridan kelayotgan vagon qarshisiga yiqilishi aks etgan.

Ayol hotirjam holatda poyezdni kutib turgan paytda oрqa tomonda turgan notanish inson uni atay poyezd ostiga itarib yuboradi. Oq libosdagi jinoyatchi o’z ishining natijasini ko’rish uchun oldinga bir necha qadam tashlagan va darhol ortga chekingan. Voqea guvohlari uni tutib olgancha politsiya qo’liga topshirishdi.

Halokat qurboni mo’jiza tufayli rels orasidagi chuqurlikka yiqilgan va darhol u yerdan chiqarib olingan. Hayriyatki, ayol ushbu halokatdan birgina qo’l sinishi jarohati bilan chiqa oldi.

Xabarda aytilishicha, ayolni itarib yuborgan odamning ruhiy nosog’lom ekanligi aniqlandi. Erkak halokat qurboniga nisbatan adovat hissida bo’lmagan, shunchaki duch kelgan odamni poyezd ostiga itarib tashlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poyezd relsiga itarib yuborilgan ayol mo’jiza tufayli tirik qoldi