10:00 / 13.01.2018
5 954

Jirinovskiy: «Biz ukrainlarni birinchi imkoniyat tug‘ilgandanoq yo‘q qilamiz!!!» (VIDEO)

Jirinovskiy: «Biz ukrainlarni birinchi imkoniyat tug‘ilgandanoq yo‘q qilamiz!!!» (VIDEO)
Yaqinda «Rossiya-1» telekanali orqali namoyish etilgan «60 daqiqa» ko‘rsatuvida Liberal-demokratlar partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy ishtirok etdi va o‘zining navbatdagi janjalini butun dunyoga namoyish etdi. U ko‘rsatuvda qatnashayotgan ukrainalik siyosatshunos Vadim Tryuxanni «latta», «iflos» kabi haqoratlar bilan «siylay» boshladi.

— Biz Ukrainlarning qo‘lida Donbass atrofida bitta arzimas patron ko‘rsak ham, — dedi Jirinovskiy. — Bu xalqni qirib tashlaymiz. Bizning yonimizda qo‘shni bo‘lib yashab turib bizga o‘q uzganlarni hech qachon tirik qo‘ymaymiz…

Shu gaplari uchun ko‘rsatuvda ishtirok etayotgan ukrainalik siyosatshunos Vadim Tryuxan norozilik bildirib, naq baloga qoldi.

— Sen iflossan, — qichqirdi Jirinovskiy. — Yana ahmoqsan! Eshitib qo‘y, biz hammangni qiramiz yo haydab chiqaramiz! Har ehtimolga qarshi kiyimsiz haydaymiz. Bu ishni biz lippangga bitta-yarimta patron berkitib chiqmasliging uchun qilamiz!

Tryuxan azbaroyi jahl otiga minganidan Jirinovskiyning chiqishini sirk tomoshasiga mengzadi-yu, tag‘in baloga qoldi. Jirinovskiy boshlovchilarga murojaat etib, Tryuxan studiyadan haydab chiqarilishini talab qila boshladi. Yaratganga shukr, boshlovchilar bir amallab uni tinchlantirishdi va ko‘rsatuvni davom ettirishdi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jirinovskiy: «Biz ukrainlarni birinchi imkoniyat tug‘ilgandanoq yo‘q qilamiz!!!» (VIDEO)