16:17 / 13.01.2018
5 769

Hasadmi yoki haqiqat? Megan Marklning o’gay opasi uni ziqnalikda aybladi

Hasadmi yoki haqiqat?  Megan Marklning o’gay opasi uni ziqnalikda aybladi
Shahzoda Garrining bo’lg’usi rafiqasi va Qirollik xonadonining a’zosi bo’lishga tayyorgarlik ko’rayotgan Megan Marklning o’gay opasi uni kasal otalariga ko’mak bermayotganlikda aybladi.

Meganning o’gay opasi uning Garri bilan unashtirilishi sharafiga olingan suratlardagi ko’ylakka ishora qilgan holda singlisini ziqnalikda ayblagan.

“Agar ko’ylak uchun 75 ming dollar sarflay olar ekansan, o’z otangga ham 75 ming dollar bera olasan” deb qayd etgan ayol.

Samanta ayni paytda Megan Marklning otasi pul masalasida murakkab vaziyatga tushib qolgani va og’riyotgan oyog’ini davolatish maqsadida yurganini aytib o’tgan. Erkak shifokorlar yordamida tezroq tuzalib, 19 may kuni bo’lib o’tishi rejalashtirilayotgan “Asr to’yi”da qizini mehrob yoniga shaxsan o’zi olib borishni reja qilmoqda.

Eslatib o’tamiz, Megan Marklning ota-onasi aktrisa 6 yoshda ekanligida ajrashib ketishgan. Unga qadar erkakning yana bir oilasi bo’lgan. Samanta erkakning birinchi oilasidan tug’ilgan qizi hamda Meganning o’gay opasi hisoblanadi.

Biroz avvalroq esa Samanta Megan haqidagi “haqiqatlarga” to’lib-toshgan kitob yozib, uni ikkiyuzlamachi deb atagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hasadmi yoki haqiqat? Megan Marklning o’gay opasi uni ziqnalikda aybladi