15:01 / 16.01.2018
7 394

Tayvanda o’zga sayyoraliklarga o’xshash dengiz mahluqi tutildi

Tayvanda o’zga sayyoraliklarga o’xshash dengiz mahluqi tutildi
Tayvandagi Baliqchilik ilmiy tekshirish instituti tomonidan dengizdan 350 metr chuqurlikdan tutilgan ushbu jonivorlarning tashqi ko’rinishi o’zga sayyoraliklarni yodga soladi, internet foydalanuvchilari esa ularni “Begona” filmdagi mahluqlarga o’xshash ekanligini ham aytishmoqda.

Xabarda aytilishicha, biologlar tomonidan tutilgan ushbu jonivor qora ilon akulalari toifasidan bo’lib, ushbu hodisani haqiqatan kamyob holat deya atash mumkin. Zero bu turdagi jonivorlar suvning eng pastki qismlarida hayot kechirishadi va tashqariga olib chiqilsa vafot etishadi. Olimlar buni bosimlararo farq bilan izohlaydilar.

Qora ilon akulalari 1986 yili kashf etilgan bo’lsa-da, ularni atroflicha o’rganish uchun 4 yil vaqt sarf etilgan. Bunday baliqlar okean yuzasiga mutlaqo yaqinlashishmaydi va tungi ov paytida nur taratishlari ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tayvanda o’zga sayyoraliklarga o’xshash dengiz mahluqi tutildi