16:28 / 16.01.2018
4 962

Tramp Kim Chen In bilan yaxshi aloqada ekanligi haqidagi xabarni “soxta” deb atadi

Tramp Kim Chen In bilan yaxshi aloqada ekanligi haqidagi xabarni “soxta” deb atadi
AQSH prezidenti Donald Tramp yaxshi aloqada bo’lish va yaxshi aloqada bo’lishni istash orqasida katta farq bor ekanligi aytdi.

Uning aytishicha, The Wall Street Journal nashri uning so’zlarini ommaga noto’g’ri tarzda yetkazgan.

“Wall Street Journal yolg’on tarzda “Men Kim Chen In bilan yaxshi munosabatdaman” deganimni ma’lum qilibdi. Aniqki, men bunday deb aytganim yo’q. Men “Kim Chen In bilan yaxshi munosabatlar o’rnatishga qarshi bo’lmasdim” dedim. Buning katta farqi bor” deb yozadi Tramp Twitterdagi sahifasida.

Prezident ushbu nashrni soxta xabarlar tarqatishda ayblab, reportyorlar bilan bo’lgan suhbatlar yozib olinishini ham eslatib qo’ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Kim Chen In bilan yaxshi aloqada ekanligi haqidagi xabarni “soxta” deb atadi