10:44 / 17.01.2018
5 778

Nazarboyev AQSh va Rossiya munosabatlari “nolga qarab ketgani”dan tashvishdaligini aytdi

Nazarboyev AQSh va Rossiya munosabatlari “nolga qarab ketgani”dan tashvishdaligini aytdi
Shimoliy Koreyadan xavf borligi vaziyatida Rossiya va AQSh munosabatlari “nolga qarab ketgani” Qozog‘istonni tashvishlantiradi.

Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra aytdi.

“Shimoliy Koreya muammosini AQSh, Xitoy va Rossiya birgalikda hal qilishi mumkin. Shu sababli, biz qo‘shnilarni, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi nolga qarab ketgan munosabatlar tashvishlantiradi”, deb aytgan Nazarboyev.

Nazarboyev AQShga 16 yanvarda Tramp bilan uchrashgani keldi.

Tramp Xitoy raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqotda Vashington Pxenyanga maksimal bosim o‘tkazishni davom ettirishini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nazarboyev AQSh va Rossiya munosabatlari “nolga qarab ketgani”dan tashvishdaligini aytdi