19:45 / 17.01.2018
10 223

Qushning zaharli ilon bilan bo‘lgan olishuvi... (Video)

Qushning zaharli ilon bilan bo‘lgan olishuvi... (Video)
Ijtimoiy tarmoqlarda qorabuzov (baklan) nomli qushning zaharli ilon bilan bo‘lgan olishuvi aks etgan video paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Mazkur kadrni avstraliyalik Aleksis Kekliku suratga oldi. “Itim bilan sayr qilib yurganimda tumshug‘ida zaharli ilonni tutib turgan qushga ko‘zim tushdi. Ilonning jigarrang-olachipor ekanligini ko‘rib, o‘ta zaharliligini darrov angladim” deydi video muallifi.

Videodan qush tumshug‘idan qutilish uchun tipirchilayotgan ilonni, uning qochib ketishiga yo‘l qo‘ymayotgan qushni ko‘rish mumkin. Kadrda qush tap tortmay, ilonni yutib yuborib, dengiz tomon ketganligi o‘z aksini topgan. Bunday jigarrang-olachipor ilonlarni asosan Avstraliyaning g‘arbiy qismida uchratish mumkin. Uning zahri inson uchun o‘ta xavflidir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qushning zaharli ilon bilan bo‘lgan olishuvi... (Video)