11:02 / 20.01.2018
9 171

JARda homilador ayolning vafotidan 10 kun keyin “ko‘zi yoridi”

JARda homilador ayolning vafotidan 10 kun keyin “ko‘zi yoridi”
Janubiy Afrika Respublikasida 33 yoshli homilador ayol Nomveliso Nomasonto Mdoyi vafotidan 10 kun keyin o‘lik bolani “dunyoga keltirdi”. Bu haqda Kun.uz mahalliy nashri xabar bermoqda.

Ayol to‘satdan nafas olishi qiyinlashgani va bo‘g‘ilayotganidan shikoyat qila boshlagan. Biroz vaqt o‘tgach u vafot etgan. Ayol homiladorlikning 9-oyida bo‘lgan.

Ayolning oilasi uning jasadini dafnlar bilan shug‘ullanuvchi agentlikka berishgan, biroq dafn marosimiga bir kun qolganda agentlik xodimlari tobutdagi ayol jasadi oyoqlari orasida go‘dakni aniqlashgan. Aniqlanishicha, bola o‘lik bo‘lgan.

Marhumning oilasi bundan yanada iztirob chekkan.

“Bola o‘lik edi. Biz bundan shunchalik karaxt holga va vahimaga tushdiki, bolaning jinsini aniqlashga ham botina olmadik. Biz bu ish bilan 20 yildan ko‘proq shug‘ullanamiz, biroq o‘lgan homilador ayol tug‘ishi haqida hech eshitmaganmiz”, deb aytilgan dafn agentligi rahbariyatida.

Mutaxassislarning aytishlaricha, homila ayolning vafotidan keyin mushaklari qisqarishi va bo‘shashishi tufayli tashqariga chiqqan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JARda homilador ayolning vafotidan 10 kun keyin “ko‘zi yoridi”