Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi Intercontinental Hotel mehmonxonasiga jangarilar hujum qildi. Ushbu hujum oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan, kamida 35 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning ko‘pchiligi hujum vaqtida oynadan o‘zini pastga tashlagan edi.
Tolo News xabariga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari va maxsus xorijiy jangchilar mehmonxona ichkarisidan 30 kishini olib chiqqan. Shturm vaqtida ikki jangari o‘ldirilgan, mehmonxona ichkarisida yana jangarilar qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Kobul shimoli-g‘arbidagi tepalikda nikoh marosimi bo‘layotgan vaqtda hujum uyushtirilgan. Jangarilar ichkariga bostirib kirib, to‘yga yig‘ilganlarni o‘qqa tutgan.
Yana bir manbaga ko‘ra, mehmonxonada bu vaqtda informatsion texnologiyalarga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazilayotgandi.
Terrorchilar odamlarni garovga olgan bo‘lishi ham mumkin.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni «Tolibon» o‘z zimmasiga olgan.
Bundan avvalgi xabarlarda ushbu hujum oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi