10:20 / 23.01.2018
5 554

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan o‘zbekistonliklar qutqarildi

Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan o‘zbekistonliklar qutqarildi
O‘zbekiston fuqarolari — 41 nafar yo‘lovchi, jumladan ikki bola, — Qozog‘istonning Shortandi tumani hududida qolib ketgan nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi Gazeta.uz nashri Qozog‘iston Favqulodda holatlar qo‘mitasi matbuot xizmatining xabariga asosan.

Avariya-qutqarish ishlari 22 yanvar kuni kechasi «Ostona-Petropavlovsk» avtomobil yo‘lining 54-kilometrida o‘tkazildi. Yo‘lovchi avtobusi «Petropavlovsk-Sariag‘ash» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘lgan. Kazinform agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli sovuq tufayli dizel yonilg‘isi muzlab qolgan.

Yo‘lovchilar va ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan haydovchi isinish punkti — Bozayg‘ir qishlog‘idagi 5-agrotexnika kolleji yotoqxonasiga olib kelingan.

FVQ saytida aytilishicha, kuchli sovuq tufayli Qozog‘iston avtomobil yo‘llari bo‘ylab safar qilish xavfli. Qozog‘istonning Aqmola viloyati hududida bo‘ron xavfi e’lon qilingan. Sovuqning kechasi −35…−40 darajagacha tushishi kutilmoqda, 24−26 yanvar kunlari havo juda sovib, -45 darajagacha tushishi, kunduzi −27…−32 daraja bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istonning shimoliy, markaziy va sharqiy viloyatlari orqali safarga chiqishni rejalashtirgan aholidan mazkur hududlarda kuchli sovuq bo‘lishi kutilayotgani munosabati bilan yo‘lovchi avtobuslari va shaxsiy avtotransportda yo‘lga otlanishdan tiyilishni tavsiya qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda nosoz avtobusda qolib ketgan o‘zbekistonliklar qutqarildi