12:02 / 24.01.2018
12 297

Dunyodagi eng badavlat bolalar reytingi tuzildi (foto)

Dunyodagi eng badavlat bolalar reytingi tuzildi (foto)
AdMe yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘p millionli davlati bilan maqtana oladigan bolalar ro‘yxatini tuzdi. Ularning ba’zilari boy oilada tug‘ilib, ota-onasi sharofati bilan bolaligidan hashamat ichida yashagan bo‘lsa, boshqalari o‘tkir aqli, o‘z kuchi va mehnati bilan bunday boylikka erishgan.

Jeylin Bledso (3,5 million dollar)

13 yoshida dasturlash bilan bog‘liq biznesini boshlab, 15 yoshida ilk millionini ishlab topgan.

Rikko Rodriges (4 million dollar)

Kambag‘al oilada tug‘ilgan yosh aktyor «Amerikacha oila» (Modern Family) seriali orqali tanilgan va boyigan.

El Fenning (5 million dollar)

Yosh aktrisa ilk rolini 2002 yilda ijro etgan. 17 yoshiga kelib, 5 million dollar ishlab olgan.

Jeyden Smit (8 million dollar)

Dunyodagi eng muvaffaqiyatli aktyrorlardan biri — Uill Smitning o‘g‘li. Boyligini mashhur ota-onasi, shuningdek, o‘zining aktyorlik va qo‘shiqchilik faoliyati ortidan orttirgan.

Ebigeyl Breslin (12 million dollar)

Ayni paytda 21 yoshda bo‘lgan aktrisa 2006 yilda «Kichkina Quyosh xonim» (Little Miss Sunshine) filmida bosh rolni o‘ynab, tanilgan.

Valentina Paloma Pino (12 million dollar)

10 yoshli Valentina aktrisa Salma Xayek va dunyoning 100 nafar eng boy odamlaridan biri — biznes-magnat Fransua-Anri Pinoning qizi.

Nik D’Alaysio (30 million dollar)

Britaniyalik dasturchi va internet-tadbirkor. 15 yoshida Summly dasturini yaratib, keyinroq uni Yahoo kompaniyasiga 30 million dollarga sotgan.

Dennilin Birkxed (59 million dollar)

11 yoshli Denni aktyor Larri Birkxed va model Anna Nikol Birkxedning qizi. Onasining o‘limidan keyin qizcha uning 59 million dollarlik davlatini meros qilib oldi.

Egizaklar Viven va Noks (67 million dollar)

Anjelina Joli va Bred Pittning egizaklari.

Shahzoda Jorj Aleksandr Lui (3 milliard dollar)

Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning 4 yoshli o‘g‘li va Buyuk Britaniya taxtiga tartib bo‘yicha uchinchi da’vogar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng badavlat bolalar reytingi tuzildi (foto)