16:20 / 26.01.2018
5 276

Oltoylik giyohvand ona ikki yoshli qizini derazadan pastga otib yubordi

Олтойлик гиёҳванд она икки ёшли қизини деразадан пастга отиб юборди
Oltoy o’lkasining Rubtsovsk shahrida yashovchi ayol ikki yoshli qizini derazadan pastga otib yubordi. Bu haqida hudud tergov boshqarmasining matbuot xizmati xabar bergan.

“Rubtsovsk shahrida yashovchi 26 yoshli fuqaroga nisbatan “Yosh bolani o’ldirishga urinish” moddasiga muvofiq jinoiy ish qo’zg’atilgan” deyiladi boshqarma xabarida.

17 yanvar kuni ayol giyohvand moddalar ta’siri ostida qizaloqni ko’p qavatli turarjoyning uchinchi qavati derazasidan pastga tashlab yuborgan. Hayriyatki, baxtli tasodif tufayli qizaloq podyezd ustidagi soyabonga tushgan va jiddiy tan jarohatlari olmagan.

Ayni paytda qizaloqning salomatligiga hech narsa xavf solayotgani yo’q. Ayolning farzandlari bir nechta ekanligi va hozirda ularning qayerda yashashlariga doir savolga yechim topilayotgani aytib o’tilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oltoylik giyohvand ona ikki yoshli qizini derazadan pastga otib yubordi