18:04 / 26.01.2018
6 062

Ana xolos! Maktab yo’lida “yo’qolgan” bolakay o’z uyidagi divan ostidan topildi

Ana xolos! Maktab yo’lida “yo’qolgan” bolakay o’z uyidagi divan ostidan topildi
Lvov shahri politsiyasiga tong chog’i fuqarolardan biri qo’ng’iroq qilib o’g’li yo’qolib qolgani haqida yig’lab hikoya qildi. Ayolning 10 yoshli o’g’li tong chog’i maktabga, o’zlari esa ishga ketgan, kunduz kuni esa ayolga bolaning o’qituvchisi qo’ng’iroq qilib esa bolaning darsda yo’q ekanligi va bugun maktabga kelmagani haqida aytgan. Bolakay qo’lidagi uyali aloqa telefoni qo’ng’iroqlarga javob bermagan.

Havotirga tushgan ona uyga qarab otildi va politsiya xodimlari-yu qo’ni-qo’shnilar bilan birga uni izlashga kirishdi.
Politsiya xodimlari bolaning xonasini ko’zdan kechirish uchun kirganlarida kichkintoyni divan ostidan sog’-salomat holda topishgan.

Xabarda aytilishicha, topag’on shumtaka maktabga bormaslikka qaror qiladi va ota-onasida shubha uyg’otmaslik uchun ular bilan birga uydan chiqadi. Ularning ishga ketganlariga ishonchi komil bo’lgach, uyiga qaytib, butun kunini kompyuter o’yinlari uchun bag’ishlashga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Shu payt bolaning o’rtoqlari uni qidirishayotgani haqida xabar beradilar. Ana shu yerda kichkintoyning “o’tkir aqli” tayinli g’oya bera olmay qoladi va telefonni o’chirib, divan ostiga berkinadi.

Hodisadan so’ng ota-ona va shumtaka bolakay bilan profilaktika suhbati uyushtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ana xolos! Maktab yo’lida “yo’qolgan” bolakay o’z uyidagi divan ostidan topildi