21:00 / 26.01.2018
8 191

Fanda to‘ntarish: Isroilda qadimiy odam qoldiqlari topildi

Fanda to‘ntarish: Isroilda qadimiy odam qoldiqlari topildi
Isroildagi g‘orda qadimiy insonning jag‘ suyagi va turli xil buyumlar topildi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar bermoqda.

Ushbu tadqiqot olimlarni eng qadimgi odamlarning migratsiyasi borasidagi qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi. Chunki Isroilning Misliya g‘oridan topilgan inson jag‘ suyagi Afrikadan tashqari hududda topilgan odam qoldiqlaridan qadimiyroqdir.

Bu paytgacha olimlar qadimgi odamlarning Afrika hududidan Yevroosiyoga 100 ming yillar oldin tarqalganini ta’kidlab kelardi. Isroildagi topilma haqida Tel-Aviv universiteti professori Hershkovits shunday deydi: “Zamonaviy odamlar Afrikadan 100 ming yillar oldin emas, balki 200 ming yillar avval tarqalgan. Bu topilma shu paytgacha bo‘lgan nazariyani o‘zgartirib yubordi”.

Misliyadan topilgan bu topilma Homo sapiens’ga tegishli ekani aniqlandi. G‘or yaqinida levalluaz texnikasi bo‘yicha yasalgan tosh asboblar ham topilgan. Arxeologlarning aytishicha, toshga bunday ishlov berish usuli Yaqin Sharqning bu qismida ancha zamonaviy ko‘rinishdagi jamiyat vakillari yashaganini ko‘rsatadi. G‘orda aniqlangan boshqa qadimiy buyumlar odamlar orasida yirik hayvonlar – bug‘u, jayron va boshqalarni ovlovchilar bo‘lganiga ishora qiladi.

Professori Hershkovits o‘z fikrini davom ettirib: “Men qadimgi odamlarning 100 ming yillar oldin ommaviy tarzda Afrikadan boshqa joylarga ko‘chishganiga ishonmayman. Bu topilma shuni isbotlaydiki, ular 100 ming yillar oldin bemalol boshqa hududlarga borib-kelib turgan”.

Bundan avval Afrikadan tashqarida topilgan eng qadimiy odam qoldilari 90-120 ming yil avvalgi davrga tegishli bo‘lgan. Olimlar jag‘ning qaysi davrga oidligini aniqlash maqsadida 3 xil usulni qo‘llab, u 177-194 ming yil avval yashagan Homo sapiens’ga tegishli ekanini aniqlashgan.

Bu topilmalar zamonaviy odamlar Afrikadan avval taxmin qilingandan 50 ming yil avval migratsiya qilganlarini anglatadi va qadimgi odamlar o‘rtasida biologik va ma’daniy aloqalar tarixi oldinroq boshlanganini bildiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fanda to‘ntarish: Isroilda qadimiy odam qoldiqlari topildi