17:00 / 27.01.2018
4 947

Ayozda lyuk qopqog’iga tili bilan yopishib qolgan kuchuk ko’ngillilar tomonidan qutqarib olindi

Аёзда люк қопқоғига тили билан ёпишиб қолган кучук кўнгиллилар томонидан қутқариб олинди
Ayni paytda dunyoning turli burchaklarida kuzatilayotgan ayoz jonivorlarni ham azobga solmoqda. Kuni kecha tili bilan lyuk qopqog’iga muzlab yopishib qolgan kuchuk yo’lovchilar tomonidan qutqarib olindi. Uning ushbu azobdan qutulishga harakat qilib, akillayotgani yo’lovchilarni bee’tibor qoldirmagan.

Xabarda aytilishicha, avvaliga uni lyukdan ajratib olish g’oyasi amalga oshmagan, ammo keyin qo’shimcha bir litr iliq suv yordamida kuchuk “asirlik”dan qutqarildi. Hodisa guvohlari kuchuk bu yerga qiziqish bilan emas, balki och bo’lgani uchun yopishib qolganini aytmoqdalar.

Ehtimoliy tahminlarga ko’ra mahalliy aholi vakillari kuchuk uchun lyuk ustiga ovqat qoldiqlaridan tashlab berishgan, jonivor esa ularni yeb bo’lgach, qopqoqni yalab tozalamoqchi bo’lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayozda lyuk qopqog’iga tili bilan yopishib qolgan kuchuk ko’ngillilar tomonidan qutqarib olindi